Mehmonlar Ombudsman faoliyatining asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat ekanligiga qiziqish bildirishdi. Suhbat davomida ularga institutining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflari va fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik to‘g‘risida maʼlumot berildi.
Germaniya Tashqi ishlar vazirligining vakili Mattias Lyuttenberg tomonidan so‘nggi yillarda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida olib borilayotgan islohotlar yuqori baholanib, bunda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning o‘rni muhim ekanligi taʼkidlandi.
O‘zaro muloqot davomida O‘zbekiston va Germaniya davlatlarining inson huquqlari bo‘yicha institutlari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash borasida o‘zaro fikr almashildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati