Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Navoiyda harakatlanish erkinligi cheklangan muassasalarda maʼnaviy tadbirlar o‘tkazildi
Respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan «Madaniyat karvoni» hamda «Maʼnaviyat festivali» shu kunlarda Navoiy viloyatida ham bo'lib o'tmoqda. Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan taniqli ijodkorlar va sanʼatkorlar bilan Navoiydagi 4-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning muloqoti tashkil etildi.

Uchrashuvda O‘zbek drama teatri aktyori Bahodir Mirmahsudov, O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi xonandalari aka-uka Bobojonovlar va boshqalar koloniyada saqlanayotgan shaxslarga insoniy qadriyatlarni, mehr-oqibat va hamjihatlilikni mustahkamlashni hamda inson qadrini ulug‘lash borasidagi fikrlarini bayon etishdi.

Tadbirda Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi vakili Sh.Djurayev umummilliy loyihaning maqsad va umidlari xususida so‘zlab bu kabi maʼnaviy tadbirlarning katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi.

Shuningdek ijodiy uchrashuvda sanʼatkorlar o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirishdi. Xonanda va aktyorlarlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar va ijodiy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat bag‘ishladi.

Bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar 5, 11 va 12-sonli jazoni ijro etish koloniyalarida ham o‘tkazildi.

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati