Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlashda davlat organlari va NNT hamkorligi
Joriy yil 24 avgust kuni poytaxtimizda “Inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlashda davlat organlari va NNT hamkorligi” mavzusida Milliy forum bo‘lib o‘tdi. Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Mazkur mavzuda O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilayotgan Forumning maqsadi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 iyundagi “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonidan kelib chiqib, inson huquqlarini himoya qilish sohasida davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘zaro hamkorlik qilish mexanizmlarini takomillashtirish hamda ushbu yo‘nalishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida maslahatlashuv o‘tkazish amaliyotini yana-da kengaytirishdan iborat.

Milliy forumda Oliy Majlis palatalari aʼzolari, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani), davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish istiqbollari borasida belgilangan vazifalar xususida ham atroflicha so‘z yuritdilar. Inson huquqlarini himoya qilish va taʼminlashda jamoatchilik nazoratining hamda ommaviy axborot vositalarining o‘rni, mamlakatda barcha millat va elatlarning ijtimoiy va madaniy huquqlarini taʼminlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan o‘zaro fikr almashishdi.