Bu safar tumanlarda bo‘lgan namoyishlar tafsilotlari o‘rganildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan voqealarni o‘rganish bo‘yicha Komissiya aʼzolari Qonliko‘l, Shumanay va Kegeyli tumanlariga borib, inson huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzish bilan bog‘liq holatlar va hodisalarni o‘rganishdi. Uchrashuvlarda tuman hokimlari, IIO xodimlari, tadbirkorlik subyektlari rahbarlari va ishchi xodimlar bilan suhbatlashishdi.
Bo‘lib o‘tgan voqealarda ushbu hududlardagi qator tadbirkorlik subyektlari va boshqa muassasalarda namoyishlar uyushtirilgan. Shu nuqtai nazardan komissiya aʼzolari holatni joyiga chiqib o‘rganishdi.
Hozirda olingan maʼlumotlar tahlil qilinmoqda. O‘rganish natijalari va tavsiyalar Komissiyaning yakuniy xulosasida aks ettiriladi.