Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Mahkumlar bayram kunlari ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil qilinishini so‘rashdi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakiliga 30-son manzil-koloniyasiga amalga oshirgan monitoring tashriflaridan birida mahkumlar bayram kunlari xalq suygan sanʼatkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etishni so‘rab murojaat qilishgan edi.

Maʼlumki, jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarni kasbga o‘rgatish bilan birga yo‘l qo‘ygan xatolarini qayta takrorlamasliklari uchun muntazam ravishda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazib kelinadi.

Shu nuqtai nazardan, Ombudsmanning Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan 2022 yilning 10 iyul kuni  29-, 30-son manzil-koloniyalarida Hamid Olimjon va Zulfiya xonim hayoti va ijodiga bag‘ishlangan "Muhabbat bahori" badiiy filmi taqdimoti (premyera) o‘tkazildi. Premyera doirasida kinorejissyor Ibrohim Rasulov bilan ham uchrashuv tashkil etildi.

Filmdagi hayotiy voqealar orqali qaxramonlarning umr yo‘lida duch kelgan muammoli holatlar, fitnalaru to‘siqlar ochib berilgan. Muhimi vatanparvarligi va fidoiyligi ko‘rsatilgan mazkur filmdan mahkumlar to‘g‘ri xulosa chiqarib olishlariga imkoniyat yaratildi.

Shuningdek, shu kunning o‘zida manzil-koloniya xodimlari uchun qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha alohida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Huquqiy targ‘ibot yig‘ilishida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, qiynoq holatlarining oldini olish, bu illatga butunlay barham berish yuzasidan mamlakatimizda Davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar, shu bilan bir qatorda “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati yetkazildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati