Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili chekka xududlardagi mahallalarda sayyor qabullar tashkil etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Sirdaryo viloyatdagi mintaqaviy vakili Sh.Alimov hamda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanalararo sudining sudyasi S.Mirzaboyevlar viloyat markazidan uzoqda joylashgan qishloq va ovullarda fuqarolarni o‘ylantirib kelayotgan muammo, masalalarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida sayyor qabullar o‘tkazyapti. Ularning navbatdagi 2022 yilning 23 iyun kuni Mirzaobod tumanining Tinchlik mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazildi.

Dastlab, mahallada fuqarolarni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr-mulohaza almashildi. Shundan so‘ng, aholining yer, mulk sohasiga doir, shuningdek, uy-joy ajratish, ishga joylashish, kommunal sohaga doir murojaatlari qabul qilindi. Murojaatlarning 2 tasi joyida qanoatlantirildi, 10 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi. 2 ta murojaat Ombudsman mintaqaviy vakili ish yurituviga olindi.

Darhaqiqat, joylarda o‘tkazilayotgan bu kabi davra suhbatlari, uchrashuv va muloqotlar xalq idorasi va fuqarolar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash hamda davlat va jamiyat o‘rtasida uzviy muloqotni taʼminlashga xizmat qiladi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati