Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Navoiy viloyatida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Joriy yilning 22 iyun kuni Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning viloyatdagi vakili tomonidan viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Xatirchi tumani hokimligi va prokurori ishtirokida “Oilada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda ota-onalarning o‘rni” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Xatirchi tumanining 70 ta mahallasidan taklif etilgan faollar, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari va ota-onalarga oilada farzand tarbiyasi va uning ongini rivojlantirishda ota-onalarning majburiyati va masʼuliyati, barkamol avlodni yetishtirishda bilim olish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda taʼlim muassasalari hamkorligi, voyaga yetmaganlarni nazoratsiz va qarovsiz qoldirishning salbiy oqibatlari xususida atroflicha maʼlumot berildi.

Davra suhbatida jamiyat taraqqiyotida fuqarolarning, ayniqsa yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish masalasi bugungi kun talabi ekanligidan kelib chiqib, bu kabi uchrashuvlarni Ombudsmanning viloyatdagi vakili ishtirokida muntazam barcha mahallalarda  o‘tkazilishini anʼanaga aylantirish bo‘yicha kelishib olindi.

Fikr va mulohazalarga boy bo‘lgan tadbirda, ishtirokchilar tomonidan berilgan ko‘plab savollarga tashkilotchilar malakali javoblar berishdi. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati