Sayyor qabulga kelgan fuqarolar ishga joylashish, ko‘chalarni tekislash, yerning kadastr pasportini shakllantirish, pensiya va tadbirkorlik faoliyatiga oid masalalarda murojaat qilishdi. Qabulda ishtirok etgan barcha fuqarolarga Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda tegishli idora rahbarlari tomonidan ularning murojaatlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Xususan, tumanning Anhorbo‘yi ko‘chasida yashovchi J.J yaqinda harbiy xizmatdan qaytganligini va ish topa olmayotganini bildirdi. Murojaatchiga tuman bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan o‘rta maxsus maʼlumot mutaxassisligi bo‘yicha ish o‘rinlari taklif qilinishi bildirildi va qabul kuni belgilandi.
Sayyor qabulga kelgan barcha fuqarolar qabul qilindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati