Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi
2021 yilning 15 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Shveysariyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Konstantin Obolenskiy bilan uchrashdi.

O‘zaro muloqot davomida Shveysariya elchisi Ombudsman instituti vazifalari va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hamda Vakilning 2021 yil 10 oylik faoliyati bilan tanishtirildi.

Shuningdek, mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash, aholi murojaatlari bilan ishlash jarayoniga yangi mexanizmlarning tatbiq etilishi, qiynoqlarni oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, so‘z erkinligini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.

Uchrashuv so‘ngida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar berildi.

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati