Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Sobiq mahkumlarni ish bilan taʼminlash masalalari muhokama etildi
Joriy yilning 12 oktyabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Demokratiya va inson huquqlari instituti, Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Germaniya xalq universitetlari assotsiatsiyasining (DVV) O‘zbekistondagi vakilligi, Yevropa Ittifoqi, Germaniyaning Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) va “INTILISH” respublika axborot-taʼlim markazi bilan birgalikda “Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining aholining zaif qatlamlarini qayta ijtimoiylashtirishdagi o‘zaro hamkorligi" loyihasi doirasida idoralararo ishchi guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tadbirda Adliya vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro yetish boshqarmasi va Probatsiya xizmati, Bosh prokuratura akademiyasi hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va OAV ishtirok etishdi.

Idoralararo ishchi guruhining ikkinchi yig‘ilishida “Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining aholining zaif qatlamlarini qayta ijtimoiylashtirishdagi o‘zaro hamkorligi" loyihasi doirasida oxirgi 3 oy mobaynida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida ishtirokchilar ishni yana-da samarali tashkil etish maqsadida davlat va “uchinchi sektor” vakillarining o‘zaro muloqotini mustahkamlash va ish jarayonidagi doimiy aloqani o‘rnatish zarurligini qayd etishdi.

Tadbirda so‘z olgan Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasining vakili janob Alessandro Liamin hozirda Yevropa Ittifoqi ko‘magida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida maʼlumot berdi.

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati