Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman YEXHT DIIHB delegatsiyasi bilan uchrashdi
16 Iyu
2022 yilning 16 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Ouen Merfi boshchiligidagi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YEXHT DIIHB) delegatsiyasi aʼzolari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova ham ishtirok etdi.
Toshkent viloyatidagi 44 nafar mahkumga insonparvarlik dalolatnomalarini qo‘llash haqida sudga iltimosnoma yuborildi
16 Iyu
2022 yilning 1 iyun kuni 7-son jazoni ijro etish koloniyasida mahkumlarning insonparvarlik dalolatnomalarini qo‘llash masalasidagi murojaatlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili Rustam Kamalov ishtirokida ko‘rib chiqildi.
 Navoiyda aholining Ombudsman faoliyati haqida huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi
15 Iyu
Navoiy shahridagi «Yoshlar markazi»da Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda Navoiy viloyati Oila va xotin - qizlar  boshqarmasi hamkorligida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)” to‘g‘risidagi Qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Qoraqalpog‘istondagi maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar saqlanadigan maxsus qabulxonada o‘tkazilgan monitoring natijalari bo‘yicha berilgan tavsiyalar inobatga olindi
14 Iyu
2022 yil 25 may kuni Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili Jenisbay Shlimbetov Nukus shahridagi maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar saqlanadigan maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslarning shart-sharoitlarini o‘rgandi.
Ombudsmanning Surxondaryodagi mintaqaviy vakiliga Sheroboddagi manzil-koloniyada saqlanuvchi 10 nafar shaxs murojaat qildi
14 Iyu
2022 yil 30 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Abdurashid Artikov Sherobod tumanidagi 41-son Manzil-koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Ushbu koloniya ayol va erkak mahkumlarning jazo o‘tashiga mo‘ljallangan. Ayol mahkumalar erkak mahkumalardan alohida saqlanadi.
Xalqparvar davlat barpo etish, inson qadrini ulug‘lash taraqqiyotimizning bosh mezoni
13 Iyu
2022 yil 9 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Xalqparvar davlat barpo etish, inson qadrini ulug‘lash taraqqiyotimizning bosh mezoni” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Sardobadagi manzil-koloniyaga monitoring tashrifi amalga oshirildi
11 Iyu
2022 yil 30 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Sirdaryo viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili Shuhrat Alimov Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 3-Mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi 39-son manzil-koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Monitoringda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyat Kengashi mehnat huquqi inspektori Shirinxan Umaraliyeva ham ishtirok etdi.
BMT Bosh kotibi birinchi o‘rinbosari O‘zbekistondagi yetakchi-ayollar bilan uchrashdi
09 Iyu
2022 yilning 8 iyun kuni mamlakatimizga tashrif buyurgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammad O‘zbekistondagi yetakchi-ayollar bilan uchrashdi.
Sirdaryoda navbatdagi fuqarolar sayyor qabuli tashkil etildi
08 Iyu
2022 yil 31 may kuni Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Sirdaryo viloyatidagi Mintaqaviy vakili Shuhrat Alimov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyat Kengashi mehnat huquqi inspektori Shirinxon Umaraliyeva hamda Yangiyer shahar xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi Abduvosit Baxromovlar Yangiyer shahar xalq qabulxonasi binosida fuqarolar sayyor qabulini tashkil etishdi.