Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman Navoiyda fuqarolar qabulini o‘tkazdi
13 Sen
Joriy yilning 8 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatida sayyor qabuli tashkil etildi.
Andijondagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkumlar boshqa himoyachi olishda yordam so‘rashdi
12 Sen
2023 yilning 11 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Gulnora Abduvoxidova 3-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unda “Hamroh” NNT vakili ham ishtirok etdi.
Ombudsmanning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili mahkumlar bilan uchrashdi
12 Sen
2023 yilning 8 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Alimov Sirdaryodagi 40-son Manzil-koloniyasidagi mahkumlar bilan uchrashdi.
Ombudsman Navoiydagi  jazoni ijro etish koloniyasidagi mahkumdan murojaat oldi
11 Sen
Joriy yilning 9 sentyabr kuni Ombudsman, uning xodimlari va Jamoatchilik guruhlari hamda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan Navoiy viloyatidagi 11-son Jazoni ijro etish koloniyasiga amalga oshirilgan monitoring tashrifi chog‘ida ushbu koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum Dauletmurat Tajimuratov bilan qonunchilikda belgilangan tartibda uchrashilib, suhbatlashildi.
Ombudsman hamda uning huzuridagi Jamoatchilik guruhlari Navoiydagi 11-sonli jazoni ijro etish koloniyasidagi sharoitlarni o‘rganishdi
11 Sen
Davlat rahbarining 2021 yil 26 iyundagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) qiynoqlarning oldini olish maqsadida Jamoatchilik vakillari bilan birgalikda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga monitoring tashriflari tizimini yo‘lga qo‘yish belgilangan.
Andijondagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyidagi sharoitlar o‘rganildi
08 Sen
2023 yilning 6 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Gulnora Abduvohidova Izboskan tumanida joylashgan Chuama “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Ombudsman navoiylik fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
08 Sen
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.
Samarqand viloyatidagi yopiq muassasalarga amalga oshirilgan  monitoring tashriflari yakunlariga ko‘ra, mutasaddi vazirlik va tashkilotlarga Ombudsman talabnomalari kiritildi
07 Sen
Joriy yilning 4-7 sentyabr kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) xodimlari tomonidan Samarqand viloyatida joylashgan bir qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarga, xususan, 7-son tergov hibsxonasi va 37-son Manzil-koloniya, maxsus qabulxona, reabilitatsiya qilish markazi, Payariq, Ishtixon, Nurobod, Urgut va Tayloq tumanlari hamda Samarqand shahar Ichki ishlar organlarining vaqtincha saqlash hibsxonalariga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Sirdaryoda bank xodimining noqonuniy ishdan bo‘shatilgani aniqlandi
06 Sen
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakiliga AТ Xalq banki Sirdaryo viloyati filialida ishlagan fuqaro D.E. ishdan noqonuniy bo‘shatilgani bo‘yicha murojaat qildi.