Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning poytaxtdagi mintaqaviy vakili sud ishini murojaatchi foydasiga hal etilishiga erishdi
25 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ga Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqarodan yashab turgan uyini firibgarlik yo‘li bilan tortib olinishi mumkinligi sabab sud majlislarida Ombudsman ishtirokini taʼminlanishida yordam so‘rab murojaat qilingan edi.
Toshkent viloyatidagi 3 ta jazoni ijro etish muassasalari o‘rganildi 
24 May
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturida Ombudsman zimmasiga harakatlanish cheklangan yopiq muassasalarda qiynoq holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha monitoring tashriflarini amalga oshirish va bu haqda Parlamentga har chorakda axborot taqdim etish belgilangan.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil “Kamalak” bolalar tashkilotining XX anjumanida ishtirok etdi
22 May
 “Kamalak” bolalar tashkiloti 20 yoshda. Joriy yilning  20 may sanasida “Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun” shiori ostida Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Kamalak” bolalar tashkilotining XX anjumani Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Oqtosh” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida o‘tkazildi.
21 May
Joriy yilning 21 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Inson xuquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili hamkorligida “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasidagi huquqlari: mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari” mavzusidagi O‘zbekiston - Rossiya forumi bo‘lib o‘tdi.
Ombudsman Sankt-Peterburgdagi 150 nafardan ortiq o‘zbek muhojirlarning yashash sharoitlarini o‘rgandi
20 May
Joriy yilning 19 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini vaqtincha saqlash joylaridagi sharoitlar bilan tanishish maqsadida Sankt-Peterburgning Krasnosel tumanida joylashgan 1-sonli xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga tashrif buyurdi.
Ombudsmanning Samarqanddagi vakili murojaatchining “propiska” muammosini hal etdi
20 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili v.b. Ilhomjon To‘xtasinov Samarqand shahrida yashovchi fuqarolar tomonidan yashab turgan manziliga ro‘yxatga qo‘yish bo‘yicha muammolarga duch kelayotgani haqida murojaat kelib tushdi.
Ombudsman O‘zbekistonning Rossiyadagi elchihonasida mehnat muhojirlarining murojaatlarini tingladi
19 May
Joriy yilning 19 may kuni Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi direktori Akmal Saidovlar tomonidan Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrif doirasida  mamlakatimizning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasida sayyor qabul tashkil etildi.
RASMIY MUNOSABAT
19 May
Bola huquqlari bo`yicha vakil Samarqanddagi 78-maxsus maktabgacha taʼlim muassasasini tanqid qildi
19 May
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) o`rinbosari - Bola huquqlari bo`yicha vakil Aliya Yunusova boshchiligida Bola huquqlarini taʼminlash sektori xodimlari tomonidan Samarqand viloyatida joylashgan bolalar haqida g‘amxo`rlik qilish va ularni himoya qilish uchun masʼul bo`lgan muassasalarga monitoring o`tkazildi.