130 o‘ringa mo‘ljallangan shifoxonaga monitoring o‘tkazilgan kunda bemorlar soni 161 nafarni tashkil etdi.
Mazkur shifoxona 2022 yilning IV choragida Guliston shahriga ko‘chirilishi belgilangan, biroq ishlar cho‘zilib ko‘chirish ishlari mart oylariga qoldirilgan. Shifoxonaning moddiy texnik bazasi belgilangan talablarga javob bermaydi, bino ham taʼmirga muhtoj.
Dori-darmonlar taʼminoti va muddatlari bo‘yicha kamchiliklar aniqlanmadi, lekin ularni saqlash sharoitlari yetarli darajada emas.
Muassasa hududiga kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.
Monitoring tashrifi davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati