Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga amaliy yordam ko‘rsatilishiga erishdi
30 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani, Bog‘aro mahallasida yashovchi fuqarodan yashash sharoiti og‘irligi sabab farzandlarini “Yoshlar daftari”ga kiritish hamda qizi va nabiralarining boquvchisi bo‘lmagani sababli uy-joyini taʼmirlashda yordam so‘ragan.
Feruza Eshmatova: Ombudsman xodimlarining sudda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishini so‘rab yozgan murojaatlari soni oshib bormoqda
29 Iyu
Joriy yil 29 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarga rioya etilishi bo‘yicha Parlament komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning 2021 yilning birinchi yarim yillikdagi murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha faoliyati ko‘rib chiqildi.
Davlat va jamiyat o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik
28 Iyu
Vijdon erkinligi – insoniyatning maʼnaviy yuksalishida muhim o‘rin  tutgan omillardan sanaladi.  Aynan u umumbashariy qadriyatlar, insonning asosiy huquq va erkinliklarining ajralmas qismidir.  Zero, inson so‘zdagina emas, amalda oliy qadriyat bo‘lgan, uning huquq va erkinlari esa davlat faoliyatining mazmuni va asosiy vazifasi hisoblangan joydagina maʼnaviy va moddiy farovonlik, tinchlik va totuvlik hukm suradi.  Shu jihatdan yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun aynan jamiyatimiz ravnaqiga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Komissiya yig‘ilishida Ombudsmanning 2021 yil 1-yarim yillikdagi faoliyati tahlil qilindi
27 Iyu
Joriy yilning 27 iyul kuni Ombudsmanning 2021 yildagi asosiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi buyicha komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Uch oy davomida oylik maoshlarini ololmagan ishchilar masalasi hal etildi
23 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Buxoro viloyati, Peshku tumanidagi “Neftgazqurilishtaʼmir” AJ ishchi-xodimlari tomonidan oylik maoshlarini berilmayotgani bo‘yicha murojaat kelib tushgan edi.
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan 48-sonli manzil-koloniyasi haqidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmadi
14 Iyu
 Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Ohangaron tumani 48-sonli G‘allaquduq manzil-koloniyasida kasal bo‘lib, istimasi 10 kundan buyon chiqayotgan va Covid analizi aniqlanmagan mahkumlarning konstitutsiyaviy huquqlari poymol etilayotgani va ularga eʼtibor berilmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Deinstitutsionallashtirish bolalar va oilalarga g‘amxo‘rlik qilishning zamonaviy va samarali xizmatlarni rivojlantirishdir
13 Iyu
13 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari - Bola huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) Aliya Yunusova YUNISEFning “Bolalarni himoya qilish” dasturi rahbari Antoniya Lyudeke, dastur mutaxassislari Diana Isayeva va Safinas Axayeva bilan uchrashdi.
Ombudsman vakillari tomonidan qiynoqqa oid murojaat o‘rganilmoqda
13 Iyu
Joriy yilning 8 iyul kuni Ombudsman Kotibiyati Qiynoqqa solish holatlarining oldini olish sektori xodimlari va O‘zbekiston Inson Huquqlari «Huquqiy tayanch» jamoat birlashmasi hamkorlikda Toshkent shahar IIBBga qarashli Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxona va Vaqtincha saqlash hibsxonasiga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston ombudsmanlarining o‘zaro hamkorligi yanada mustahkamlanmoqda
06 Iyu
Maʼlumki, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) institutining murojaatlar bilan ishlash va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishga oid faoliyatiga ilg‘or xorijiy tajribalarni tadbiq etish - ish samaradorligini oshirishdagi muhim omil sanaladi. Shu nuqtai nazardan Ombudsman Kotibiyati xodimlari malakasini doimiy ravishda oshirib borish, xususan, ish faoliyatiga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, inson huquqlari sohasidagi so‘ngi tadqiqot ishlari bilan tanishish maqsadida qator seminar treninglar tashkil etib kelinmoqda.