Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman faoliyati samaradorligini yanada oshirish masalasi muhokama etildi
09 Sen
Joriy yil 9 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), USAIDning O‘zbekistondagi sud-huquq islohoti bo‘yicha dasturi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida qonun hujjatlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Ombudsmanning Qashqadaryodagi vakili yopiq muassasalardagi saylovga tayyorgarlik jarayonlarini monitoring qilmoqda
08 Sen
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Qashqadaryo viloyatidagi Mintaqaviy vakili Murodulla Normuradov viloyatdagi 2-sonli  jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Surxondaryodagi 6 ta mahalla suv toshqini xataridan holi bo‘ldi
07 Sen
Joriy yilning iyun-iyul oylarida Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomiga Surxondaryo viloyati Uzun tumani “Fayzobod” mahallasi va uning atrofidagi aholi punktlarida istiqomat qilayotgan fuqarolardan bir necha marotaba murojaat kelib tushgan edi. Ularning so‘nggi murojaati 2021 yilning 3 iyul kuni qabul qilingan.
Feruza Eshmatova Serbiyaga tashrifi davomida qator davlatlar ombudsmanlaridan memorandum imzolash taklifini oldi
06 Sen
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova joriy yilning 2–5 sentyabr kunlari xizmat tashrifi bilan Serbiya Respublikasida bo‘ldi.  
Feruza Eshmatova Yevropa Ombudsman Instituti yig‘ilishida ishtirok etdi
03 Sen
Joriy yilning 2-3 sentyabr kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Serbiya Respublikasida bo‘lib o‘tgan Yevropa Ombudsman Institutining navbatdagi umumiy yig‘ilishida ishtirok etdi.
Harakatlar strategiyasining oddiy insonlar hayotiga taʼsiri          /Prezidentimizning “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan intervyusi faoliyatimizda asos bo‘lib xizmat qiladi/
01 Sen
Mamlakatimiz tarixida “Yangi O‘zbekiston” nomli sahifani ochib bergan tarixiy hujjat bu 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi bo‘ldi. Beshta yo‘nalishni qamrab olgan mazkur hujjat beshta Davlat dasturlari orqali amalga oshirib kelinmoqda. Buning ahamiyatli tomoni shundaki, 2017 yilgi Davlat dasturi aynan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlandi hamda aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha yangi talab va mexanizmlar joriy etildi.
Ombudsman aralashuvidan so‘ng 40 mln so‘mga yaqin ish haqlari to‘lab berildi
31 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi fuqarolar ish haqlarini to‘lab berilishida amaliy yordam so‘rab murojaat qilishgan edi.
Fuqaro murojaati o‘rganiladigan bo‘ldi
30 Avg
Fuqaro Oybek Salayevning Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomiga Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali yo‘llagan murojaati bo‘yicha masalaga oydinlik kiritish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 33-moddasiga muvofiq, Ombudsman masʼul xodimi murojaatchiga aloqaga chiqib, murojaat holatini o‘rgandi. Shundan so‘ng, murojaatni tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni yuborishni so‘radi va fuqaro tomonidan barcha hujjatlar Ombudsmanga yuborilganidan so‘ng, murojaat mazmunan ko‘rib chiqilishi tushuntirildi.
Probatsiya – jinoyat ishlarini ko‘rishda muqobil choralar qo‘llashning xalqaro modeli sifatida
28 Avg
Joriy yilning 27-28 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Ichki ishlar vazirligi, BMTning Demokratiya fondi (UNDEF) va “Xalqaro qamoqxonalar islohoti” xalqaro tashkilotining (PRI) Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Probatsiya – jinoyat ishlarini ko‘rishda muqobil choralar qo‘llashning xalqaro modeli sifatida” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.