Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Milliy preventiv mexanizm: xalqaro tajriba
14 Okt
Xabaringiz bor, joriy yilning 8 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi hamda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda milliy preventiv mexanizmni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tgan edi. Unda 10 ga yaqin mamlakat, jumladan Rossiya, Serbiya, Vengriya, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston davlatlarining  Ombudsmanlari ham ishtirok etib, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.  
Ombudsman nazoratidagi murojaat.  Yoshlarni qishloq xo‘jaligida band qilish uchun berilgan yer maydonidan kim foydalanmoqda?
13 Okt
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida yashovchi fuqaro N.N. tomonidan yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida ajratilgan yer maydoniga ekilgan g‘alla hosili va undan chiqadigan somon berilmaganligi hamda takroriy ekin uchun yer maydoni ajratilmaganligi haqida murojaat kelib tushdi.
Sobiq mahkumlarni ish bilan taʼminlash masalalari muhokama etildi
12 Okt
Joriy yilning 12 oktyabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Demokratiya va inson huquqlari instituti, Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Germaniya xalq universitetlari assotsiatsiyasining (DVV) O‘zbekistondagi vakilligi, Yevropa Ittifoqi, Germaniyaning Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) va “INTILISH” respublika axborot-taʼlim markazi bilan birgalikda “Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining aholining zaif qatlamlarini qayta ijtimoiylashtirishdagi o‘zaro hamkorligi" loyihasi doirasida idoralararo ishchi guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi.
Ombudsman: Og‘ir sharoitda yashovchi fuqaroga uy ajratildi
12 Okt
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga(ombudsmanga) Nukuslik fuqaro B.Z. 5 yildan buyon avariya holatidagi uyda yashashi va kunlarning sovib ketishi oqibatida o‘zi va 10 yashar qizini sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetayotgani bo‘yicha amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan edi.
USAIDning “Sud tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi
11 Okt
Joriy yilning 11 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova, USAIDning “Sud tizimini  mustahkamlash” (JSSA) loyihasi rahbari, sudya - Sonya Prostran va USAIDning O‘zbekistondagi loyihasini boshqarish bo‘yicha mutaxassis Mamed Askerov bilan uchrashdi.
O‘ZBEKISTONDA MILLIY PREVENTIV MEXANIZMNI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
08 Okt
Joriy yilning 8 oktyabr kuni “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi hamda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda milliy preventiv mexanizmni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Ombudsman Niderlandiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi bilan uchrashdi
07 Okt
Joriy yilning 7 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Niderlandiya Qirolligining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Xilles Besxoor Plux va siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchi Timen Kauvenarlar bilan uchrashdi.
Probatsiya xizmati faoliyatida inson huquqlarining taʼminlanishi hamda o‘zaro hamkorlik
06 Okt
Joriy yilning 6 oktyabr kuni “Yuksalish” umummilliy harakati majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Probatsiya xizmati faoliyatida inson huquqlarining taʼminlanishi hamda o‘zaro hamkorlik” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Fuqarolar qabulida Ombudsmanga qanday murojaatlar kelib tushdi?
01 Okt
Joriy yilning 30 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.