Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi vakili “Muruvvat” uyidagi sharoitlarni o‘rgandi
27 Noy
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi bilan birgalikda Chimboy “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyida vasiylikka olinganlarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
Ombudsman Turkiya Buyuk Millat Majlisi vakillari bilan uchrashdi
25 Noy
Ombudsmanning Turkiya Respublikasiga tashrifi doirasida o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuvlar Turkiya Buyuk Millat Majlisida tashkil etildi.  Turkiya Parlamentining petitsiya masalalari Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ismail Tamer bilan uchrashuvda dunyodagi mavjud 140 dan ortiq Ombudsmanlarning  inson huquqlarini taʼminlashda va davlat organlari ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdagi o‘rni nihoyatda muhim ekanligi taʼkidlandi.
Ombudsman Turkiyadagi yurtdoshlarimiz muammolarini o‘rgandi
24 Noy
Joriy yilning 22 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Turkiya Respublikasiga tashrifi davomida ushbu mamlakatda yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan uchrashdi. O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida tashkil etilgan uchrashuvda dastlab, O‘zbekistonda inson huquqlarini taʼminlash borasida amalga oshirilgan islohotlar, Ombudsman instituti faoliyati, uning qonunchilik baʼzasi va vakolatlari haqida vatandoshlarga maʼlumot berildi.
Turkiyaga tashrif doirasida qator uchrashuvlar tashkil etildi
23 Noy
Joriy yilning 22 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Turkiya Respublikasiga tashrifi doirasida Turkiya hukumati va Parlamenti vakillari bilan qator uchrashuvlar tashkil etildi.
O‘zbekiston va Turkiya Ombudsmanlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
22 Noy
Joriy yilning 22 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Turkiya Respublikasi poytaxti Ankara shahrida Turkiya Parlamentining bosh Ombudsmani Sheref Malko‘ch va Ombudsmanlar Jileli O‘zlem Tunchak, Arif Dyulger, Fatma Benli Yalchin, Sadettin Kalkan, Ibrahim Kilinch  bilan uchrashdi.
24-son tarbiya koloniyasida “Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya qabul qilingan kun” munosabati bilan teatr tashkil etildi
20 Noy
Joriy yilning 20-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi “Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘grisida”gi qarori ijrosini ta’minlash, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalaridagi voyaga yetmaganlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hamda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘rinbosari – Bolalar Ombudsmani bilan hamkorlikda “Voyaga yetmaganlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish” maqsadida, O‘RIIV huzuridagi JIED birinchi mintaqaviy xudud 24-son tarbiya koloniyasida “Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya qabul qilingan kuni ” munosabati bilan Xans Kristian Andersen qalamiga mansub, kattalar uchun yozilgan “Qirolning yangi libosi” hajviy spektakli asosida tarbiyalanuvchilar ishtirokida sahna asari yaratildi. Ushbu spektakl “O‘zbekiston yosh tomoshabinlar teatri” tomonidan sahnalashtirildi.
Ombudsmanning Germaniyaning Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) bilan hamkorligi mustahkamlanmoqda
19 Noy
Joriy yilning 19 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili Feruza Eshmatova Germaniyaning Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) eksperti Sebastian Shik bilan uchrashdi.
Jinoyat uchun qaysi jazo turini qo‘llash samaraliroq?
19 Noy
Joriy yilning 18-20 noyabr kunlari Buxoro va Xorazm viloyatlarida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda “Xalqaro qamoqxonalar islohoti” xalqaro tashkiloti (Penal Reform International)ning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda sudyalar uchun sud ishlarini yuritish amaliyotida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan muqobil choralarni qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.
Ombudsmanning navbatdagi fuqarolar qabuli boʼlib oʼtdi 
16 Noy
Joriy yilning 15 noyabrь kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini oʼtkazdi.