Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson huquqlarini taʼminlashda fuqarolik jamiyati institutlarining roli oshmoqda
14 Yan
Toshkentda 13-14 yanvar kunlari “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining jamiyatda qayta o‘rnini topishida davlat idoralari va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligi” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman taqdimnomasiga ko‘ra noqonuniy ishdan bo‘shatilgan xodim masalasi hal etildi
10 Yan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan Namangan viloyati, Norin tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.N.ning yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.
Ombudsman sud orqali xodimlarning 335 mln so‘mlik ish xaqini undirib berdi
08 Yan
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan 38 nafar fuqaroning “Usmon Yusupov Agroservis mashina traktor parki” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan ish xaqi pullarini o‘z vaqtida to‘lanmayotganligi masalasida yozgan murojaati o‘rganib chiqildi.
INSON QADRI – TARAQQIYOT STRATEGIYASINING ASOSI
07 Yan
Inson qadrini ulug‘lash, har kimning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʼminlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylandi.
Himoyaga muhtoj bolalarning reintegratsiya masalasi muhokama qilindi
06 Yan
2022 yil 6 yanvar kuni Oliy Majlis Senati hamda UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) bilan hamkorlikda “Bolalarni respublika o‘quv-tarbiya muassasalariga joylashtirish va ular reintegratsiyasining dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Yil davomida yaxshi natija ko‘rsatgan Ombudsman xodimlari taqdirlandi
30 Dek
2021 yil Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) instituti tarixida salmoqli o‘ringa ega bo‘ldi. Joriy yilda Davlat rahbarining tegishli qaror va farmonlari bilan Ombudsman institutining inson huquq va erkinliklarini taʼminlanishidagi o‘rni va vakolatlari yana-da kengaytirildi. Qolaversa, Ombudsman faoliyatining ochiqligini taʼminlash, murojaatchilar bilan ishlash, qiynoq holatlarini bartaraf etish, qonun hujjatlarini takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlik borasidagi ish samaradorligi 2,5 barobarga oshdi.
Nogironligi boʻlgan bolalarning oilaviy muhitga boʻlgan huquqlarini kafolatlashimiz zarur
29 Dek
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 22-fevral kuni BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqida imkoniyati cheklangan shaxslarning oʻz qobiliyatini toʻla roʻyobga chiqarish masalalari boʻyicha Mintaqaviy kengash tuzish taklifini xalqaro hamjamiyat eʼtiboriga havola etar ekan, Oʻzbekistonda alohida ehtiyojga ega boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlashga jiddiy eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlagani bejiz emas.
Ombudsman sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha yuborilayotgan murojaatlarni ochiqladi
24 Dek
Joriy yilning 23 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Sog‘liqni saqlash vazirligining “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi hamda “Yo‘l xaritasi”ning tegishli bandlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi.
Ombudsman huzuridagi Milliy preventiv mexanizm faoliyati yanada kuchaytirildi
23 Dek
Inson huquqlarini taʼminlash, qiynoqlarga qarshi kurashish masalalasi juda keng hamda doimiy izlanish va o‘rganishni talab qilgani uchun ham dunyo hamjamiyati ushbu illatga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirish, xalqaro miqyosda bajarilishi majburiy bo‘lgan normalarni ishlab chiqish yo‘lidan bormoqda.