Qayd etib o‘tilgan muassasalarga amalga oshirilgan monitoring tashriflari davomida avvalgi yillarda o‘tkazilgan monitoring tashriflari davomida berilgan tavsiyalarning bajarilganligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, monitoring tashriflari davomida shaxslarni saqlash sharoitlari, yaqin qarindoshlari va advokatlar bilan uchrashuv xonalari holatlari, yashash va ovqatlanish, mehnat qilish sharoitlari o‘rganildi.
Monitoring tashriflari davomida yuqorida qayd etib o‘tilgan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarda avvalgi monitoring tashriflari davomida berilgan tavsiyalar yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Shu bilan bir qatorda, ayrim kamchiliklar hanuzgacha saqlanib qolayotganligidan kelib chiqib, ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi vazirlik va tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida talabnomalar kiritildi.
Ombudsman hamda uning huzuridagi milliy preventiv mexanizm doirasida faoliyat yurituvchi Jamoatchilik guruhlari tomonidan respublika bo‘ylab harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarga monitoring tashriflari davom ettiriladi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati