Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman Yuqorichirchiq tumanidagi “qulupnay” holati bo‘yicha IIB xodimlariga xizmat tekshiruvi o‘tkazilishini so‘radi
18 Apr
Xabaringiz bor, 2022 yilning 18 aprel kuni “Telegram” ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan yo‘l chetida qulupnay sotib o‘tirgan sotuvchi ayollarga zo‘ravonlik qilinganligi hamda ular Ichki ishlar bo‘limiga olib ketilib, 8 soatdan ortiq vaqt davomida ushlab turilganligi haqida xabarlar va video tasvirlar keng tarqaldi.
Samarqanddagi 37-son manzil-koloniyasidagi mahkumlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
18 Apr
2022 yilning 14 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Diyor Husanov, viloyat hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi, viloyat IIB,  Bandlik Bosh boshqarmasi va Sog‘liqni saqlash boshqarma masʼul xodimlari bilan Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi 37-sonli Manzil-koloniyasida sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabulni tashkil etishdan maqsad - ushbu muassasada saqlanayotgan 702 nafar mahkum va mahkumalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish bilan birga murojaatlarni qabul qilishdan iborat edi.
Ombudsmanga o‘qituvchilarga qo‘pol munosabatda bo‘layotgan maktab direktori o‘rinbosari ustidan murojaat kelib tushdi
15 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (Ombudsmanga) Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi maktab o‘qituvchisi B.Sh. o‘zi faoliyat yuritadigan maktab direktori o‘rinbosarining xati-harakatidan norozi bo‘lib murojaat qildi.
Ombudsmanning Qashqadaryodagi mintaqaviy vakili tergov hibsxonasida sayyor qabul o‘tkazdi
14 Apr
2022 yilning 8 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning)  Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili  Murodulla Normuradov Qarshi shaxridagi 5-son tergov  hibsxonasiga sayyor qabul o‘tkazdi.
O‘zbekiston taraqqiyotida parlamentdagi ayollarning roli
13 Apr
Joriy yilning 13 aprel kuni poytaxtimizda “O‘zbekiston taraqqiyotida parlamentdagi ayollarning roli” mavzusidagi ikkinchi forum bo‘lib o‘tdi. Tadbir Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi, Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi hamda YEXHT bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Toshloq tumanida sayyor qabul o‘tkazdi
12 Apr
2022 yilning 9 aprel kuni Oliy Majlisning Inson xuquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov Toshloq tumani Yuqoriqishloq MFY hududidagi fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi. Sayyor qabulda viloyat adliya boshqarmasi, tuman hokimi yordamchisi, MFY raisi, tegishli tuman tashkilot rahbarlari va fuqarolar ishtirok etishdi.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmanga murojaat qilish istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!
11 Apr
2022 yilning 1 yanvaridan Davlat rahbarining tegishli farmoni bilan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari doimiy asosda ishlashi belgilangan edi.
Ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili 47-son manzil-koloniyasidagi mahkumlar oshxonasini qayta qurish kerakligi bo‘yicha tavsiya berdi
11 Apr
2022 yilning 6 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Toshkent viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili Rustam Kamalov Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq hududida joylashgan 47-manzil-koloniyadagi mahkumlar huquqlarining taʼminlanish holatini o‘rgandi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil: Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtating!  Har bir bola zo‘ravonlikdan himoyalanish huquqiga ega.
11 Apr
Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 29 mart kuni nomaʼlum ayol farzandlariga ozor berayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Qoraqalpog‘istonda ayol turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishmovchilik sababli, ikki qizini ayovsiz do‘pposlab, ularga azob berib kelgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.