Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Farg‘onadagi mintaqaviy vakili qanday murojaatlarni hal etdi?
25 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov haftaning Dushanba va Juma kunlari soat 14:00 dan 17:00ga qadar fuqarolar murojaatlarini muntazam ravishda qabul qilib kelmoqda.
Xalqaro huquqning dolzarb muammolari
22 Apr
2022 yilning 22 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tashkil etilgan YUNESKOning “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi tomonidan “Xalqaro huquqning dolzarb muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.
Ombudsmanning Farg‘onadagi mintaqaviy vakili ko‘magida mahbusga boshqa advokat biriktirildi
22 Apr
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) mahbus I.G murojaat qilgan edi. Ushbu murojaat zudlik bilan Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Komilovga yuborildi.
Sirdaryodagi manzil-koloniyasida mahkumlarga qancha ish haqi to‘lanadi?
22 Apr
2022 yil 15 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilning (ombudsmanning) Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Alimov tomonidan Viloyatdagi 40-sonli manzil-koloniyasida Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash holatlarini oldini olish yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
Ombudsman Finlandiyaning yangi tayinlangan O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi
21 Apr
2022 yilning 21 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Finlyandiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Ilkka Ryaysyanen bilan uchrashdi.
Ombudsmanning qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizm doirasida 2021 yilda amalga oshirilgan monitoring tashriflari bo‘yicha brifing
20 Apr
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021-yil 26-iyunda “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq 2021-yil davomida Ombudsman va uning huzuridagi Jamoatchilik guruhlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga 177 marotaba monitoring tashriflari amalga oshirildi. Ushbu ko‘rsatkich 2020 yil yakunlariga ko‘ra 76 tani tashkil etgan.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi
20 Apr
2022 yilning 20 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Roli Astxana bilan uchrashdi.
Ombudsman va uning huzuridagi Jamoatchilik guruhlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga monitoring tashriflari amalga oshirildi
19 Apr
Maʼlumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda fuqarolar huquq va erkinliklari kafolatlarini yana-da kuchaytirish, jumladan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash holatlariga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bo‘ka tumanidagi manzil-koloniyada mahkumlarga yaratilgan sharoitlar bo‘yicha jiddiy kamchiliklar aniqlandi
18 Apr
Joriy yilning 11 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili R.Kamalov tomonidan Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani hududida joylashgan 43-manzil koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar sharoitlari o‘rganildi.