Aniqlanishicha, tergov hibsxonasida xo‘jalik ishlariga jalb qilingan mahkumlar uchun yaqinlari bilan uzoq muddatli uchrashuv xonalari tashkil etilgan. Shuningdek, fuqarolar qabulxonasiga rentgen apparati o‘rnatilgan bo‘lib, bu yo‘qlov va pochtalarni qabul qilish jarayonlarini tezlashtirmoqda. Bundan tashqari, mahkum va mahbuslar elektron do‘kon orqali ham mahsulot xarid qilishlari mumkin.
Navbatdagi monitoring obyekti Xorazm viloyati IIB Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonasi bo‘ldi.
Kameralarga kirilganda issiqlik tizimi yaxshi ishlayotgani maʼlum bo‘ldi. Shuningdek advokat bilan uchrashuv xonalariga videokameralar o‘rnatilmagani, tergov xonasida esa videokameralar borligi aniqlandi. Monitoringda maʼmuriy qamoqxonadagi yashash va tibbiy xizmatdan foydalanish sharoitlari ham o‘rganildi.
Monitoring tashriflari yakunlariga ko‘ra mutasaddi vazirlik va idoralarga Ombudsmanning tavsiyalari kiritiladi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati