“GENDER ZO‘RAVONLIK JABRLANUVCHILARIGA BIRLAMCHI HUQUQIY YORDAM KO‘RSATISH BO‘YICHA” PROTOKOL
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi hamda Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ushbu “Gender zo‘ravonlik jabrlanuvchilariga birlamchi huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha” Protokol Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning 2025 yil 3 yanvardagi 1/1-K-sonli buyrug‘i bilan xizmat faoliyatida qo‘llash uchun tasdiqlangan.
Protokol Ombudsman Devonining va hududlardagi mintaqaviy vakillarining faoliyatida murojaatlarni ko‘rib chiqish, monitoring tashriflarini amalga oshirish, fuqarolar bilan muloqot qilish hamda gender zo‘ravonlik holatlarini ko‘rib chiqиш jarayonida xalqaro standartlar va milliy qonunchilik asosida yagona yondashuvni ta’minlashga qaratilgan.