Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) Jizzax viloyati, Zarbdor tumani “Adirobod” QFYda istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar murojaati kelib tushdi. Unda murojaatchilar mahallada aholi uchun gaz, ichimlik suvi taʼminotini yo‘lga qo‘yish, poliklinika va ijtimoiy obyektlar yo‘qligidan norozilik bildirishgan.