Joriy yilning 30 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari-Bola huquqlari bo‘yicha vakil A. Yunusova boshchiligida Bola huquqlarini taʼminlash sektori xodimlari tomonidan Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahrida joylashgan viloyat “Kichkintoy” bolalar uyida, Toshkent viloyati IIB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazida hamda 2 oktyabr kuni Toshkent viloyati, Angren shahar 34-sonli tayanch-harakat aʼzolari shikastlangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bola huquqlarini taʼminlash hamda bola huquqlariga oid qonun xujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan monitoring o‘tkazildi.