Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyat filialiga monitoring tashrifi amalga oshirildi
2023 yilning 28 aprel kuni Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyat filialiga monitoring tashrifi amalga oshirdi.

Ushbu tibbiyot muassasasi 170 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsada, tashrif kuni u yerda 178 nafar bemor davolanayotgani aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasining “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasida  narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni tibbiy ijtimoiy reabilitatsiya qilish faqat narkologik kasallikka chalingan shaxsning ixtiyoriy yozma roziligi asosida,  narkologiya muassasasi bilan tibbiy yordam va reabilitatsiya ko‘rsatish to‘g‘risida yozma shartnoma tuzilganidan keyin amalga oshirilishi belgilangan bo‘lsada, bemorlar bilan bunday shartnomalar tuzilmaganligi aniqlangan.

Ombudsman mintaqaviy vakili avvalgi tashriflarida majburiy davolanayotgan shaxslar uchun foydali bo‘lishi nuqtai nazaridan kutubxona tashkil etilishi bo‘yicha tavsiya berilgan edi. Bu safargi o‘rganishda kutubxona tashkil qilinganligi maʼlum bo‘ldi.

Monitoring jarayonida tibbiyot markazining viloyat filialidagi sharoitlar, oziq-ovqat taʼminoti, majburiy va ixtiyoriy davolanayotgan bemorlarning saqlanish holati o‘rganildi. Majburiy davolanayotgan bemorlarning 18 nafari bilan ommaviy, 4 nafari bilan yakkama-yakka uchrashib, suhbatlar o‘tkazildi. Bemorlar o‘z vaqtida kerakli muolajalar o‘tkazilayotganligi, meditsina xizmatidan eʼtirozlari yo‘qligi, oziq-ovqat taʼminotidan xam shikoyatlari yo‘qligini bildirdilar.

Narkologiya muassasasidagi oshxona ko‘zdan kechirilganda belgilangan menyularga asosan bemorlarga taomlar tayyorlanib, oziq-ovqat mahsulotlari to‘liq va taomnomaga mos ravishda berilayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Muassasaga qo‘shimcha ravishda tibbiyot uskunalari keltirilib, bemorlar fizioterapiya muolajalar yordamida davolanayotganliklari aniqlandi.

Monitoring o‘rganishlari davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati