Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Ollayorov 2 mart kuni Xorazm viloyati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalar va Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markaziga tashrif buyurdi. U yerda saqlanayotgan shaxslarga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.