Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
xabar
BMT Qo‘mitasi 81-sessiyasida O‘zbekistonning Oltinchi davriy hisoboti ko‘rib chiqiladi
16 Fev
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish bo‘yicha qo‘mitasining 81-sessiyasi 2022 yil 7 fevralda gibrid shaklda boshlandi va 25 fevralgacha davom etadi. Sessiyada 15-16 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasining Oltinchi davriy maʼruzasi ko‘rib chiqiladi.
Bolalarni zo‘ravonlik, shavqatsiz munosabat va ekspluatatsiyadan, xususan, favqulodda vaziyatlarda ham himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan standart operatsion tartib-qoidalari ishlab chiqilmoqda
15 Fev
2022 yilning 15 yanvar kuni Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil hamda vazirliklar, yoshlar tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va YUNISEF vakillari tarmoqlararo standart faoliyat tartiblarini muhokama qildilar. Mazkur hujjat bolalarni zo‘ravonlik, shavqatsiz munosabat va ekspluatatsiyadan, xususan, favqulodda vaziyatlarda ham himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan.
Yalpi majlisda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda Bola huquqlari bo‘yicha vakilining 2021 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi axborotlari maʼqullandi
15 Fev
2022 yil 15 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning 2021 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini eshitdilar.
Tadbirkorlarga 145 mln. so‘mlik ortiqcha to‘langan soliq to‘lovlari qaytarib berildi
14 Fev
Joriy yilning 14 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining aʼzolari Ombudsmanning 2021 yildagi faoliyatini qanday baholadi?
14 Fev
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning 2021 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.
O‘zbekiston XDP fraksiyasida Ombudsman hisoboti ko‘rib chiqildi
14 Fev
Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini taʼminlash masalasi xalqimiz uchun farvon va munosib turmush sharoitini yaratib berishga qaratilgan demokratik islohotlarning bosh mezoniga aylanib bormoqda. Ushbu maqsadda inson huquqlarini himoya qilish sohasida normativ-huquqiy bazani mustahkamlash, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implentatsiya qilish va xalqaro majburiyatlarni bajarish. shuningdek inson huquqlarini himoya qilish yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlashga doir tizimli ishlar olib borilmoqda.
Fraksiya Ombudcmanning faoliyatini qanday baholadi?
12 Fev
2022 yil 11 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ombudsmanning 2021 yilgi faoliyati tahlil qilindi
11 Fev
2022 yil 11 fevral kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi bo‘yicha parlament komissiyasi hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Qonunchiligimizda o‘qituvchi maqomi mustahkamlanishi lozim
09 Fev
Insonni inson qilib kamol toptirishda, unga bilim va odamiylik, mehr-oqibat, ezgu orzu-niyatlar bilan yashash tuyg‘ularini singdirishda, bir so‘z bilan aytganda, jamiyatimizning munosib fuqarosi bo‘lib hayotga kirishi va mustahkam o‘rin olishida o‘qituvchi va murabbiylar, domlalarning, barcha taʼlim sohasi fidoyilarining hissasi beqiyosdir.
Bolalarni g‘arazli axborot xurujlaridan himoyalash bugunning dolzarb vazifasi
09 Fev
2022 yilning 8 fevral kuni Bola huquqlari bo‘yicha vakil A. Yunusova “Xalqaro xavfsiz internet kuni”ni munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi va UNISEF tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida maʼruza bilan ishtirok etdi.
Ombudsman Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi komissiyasi raisi Fatma Aksal bilan uchrashdi
07 Fev
2022 yilning 7 fevral kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi Imkoniyatlarda gender tenglik komissiyasi raisi Fatma Aksal boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashdi.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmanning Qoraqolpog‘istondagi mintaqaviy vakili tadbirkor murojaatini ham ijobiy hal etdi
06 Fev
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha mintaqaviy vakili Zuxra Reymovaga “NUKUSMERBANQURILIS” MCHJ direktori tomonidan murojaat kelib tushdi. Unda yozilishicha, Nukus shahridagi 18-umumtaʼlim maktabi binosida kichik taʼmirlash ishlarini olib borish bo‘yicha “TURANIMARATQURILISMONTAJ” MCHJ o‘rtasida shartnoma tuzilgan.