Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova 2023 yilning 11-12 yanvar kunlari Turkiya Respublikasi Bosh ombudsmani tomonidan Turkiyaning Anqara shahrida tashkil etilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda. “XXI asrda Inson huquqlari kelajagi” mavzusida tashkil etilgan mazkur xalqaro tadbir Turkiya Ombudsmani instituti tashkil etilganligining 10 yilligi munosabati bilan o‘tkazilmoqda. Unga 60 dan ortiq xorijiy davlatlarning Ombudsmanlari, O‘zbekiston, Qozig‘iston, Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Italiya, Afrika, Ruminiya, Moldova, Keniya, Serbiya, Vengriya, Norvegiya, Fransiya, Qatar, Filippin, Pokiston, Bangladesh va boshqa qator mamlakatlar Ombudsmanlari ishtirok etishdi.