Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman o‘rinbosari fuqarolar qabulini o‘tkazdi
2026-yilning 15-iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolardan mulkiy munosabatlar, mehnat, uy-joy, ijtimoiy ta’minot, sud-huquq sohalari hamda boshqa huquqiy masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarda noqonuniy ishdan bo‘shatish, ish haqining to‘lanmagani, mulkiy nizolar, sud qarorlari ijrosi va fuqarolarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq boshqa masalalar ko‘tarildi.

Qabulda har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar Ombudsman nazoratiga olinib, qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.