Darslar Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi 1-,26- va 6-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi 53-sonli maktab va Ko‘kdala tumanidagi 57-, 58-, 59-sonli umumtaʼlim maktabi, Qarshi shahri ixtisoslashtirilgan Madaniyat maktabi, Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 12-, 13-son maktablari, Buxoro shahridagi 20-, 35-sonli maktab, 17-, 18-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi, Kogon shahridagi 8-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi, Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumanidagi 44-, 45-, 46-, 37-sonli maktab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanidagi 1- va 21-sonli umumtaʼlim maktabi, Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 328-maktab, Yakkasaroy tumanidagi 135-maktab, Namangan viloyati Namangan tumanidagi 3-, 30-, 13- va 5-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi 66-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi 10- va 11-son umumiy o‘rta taʼlim maktablari, Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi 5-, 9-, 10- va 18-sonli maktablar hamda Xatirchi tumanidagi 10-, 20-, 24- va 33-sonli maktablarda tashkil etildi.
“Ombudsman soati” darslarida “Huquqlarimni kim taʼminlaydi?”, “internetda xavfsizmisan?” mavzularidagi videoqo‘llanmalar namoyish etildi. Shuningdek, o‘quvchilar atrof-muhitni asrash haqidagi videomateriallarni ko‘rib, Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari bilan birgalikda fikr almashdilar.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






