Ombudsmanga maʼlum qilinishicha, monitoringda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilanib, Quyichirchiq tumani IIB vaqtincha saqlash hibsxonasiga ventilyatsiya tizimi va radioeshittirish qurilmasi o‘rnatildi. Kameralar kerakli anjomlar bilan jihozlandi. Sayr qilish hovlisi va sanitariya tarmoqlari (hojatxona, yuvinish joyi)da taʼmirlash ishlari olib borilib, gigiyena talablariga muvofiqlashtirildi.
Shu bilan birga, shaxslarni saqlashning sanitariya-gigiyena qoidalari talablariga zid bo‘lgan Chinoz, Qibray va Yuqorichirchiq tumanlaridagi vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati Ichki ishlar vazirining 2025-yil 21 iyuldagi tegishli buyrug‘i bilan tugatildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati