Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning navbatdagi qabuli: fuqarolar murojaatlari tinglandi
2025 yil 31 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda 30 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etib, asosan uy-joy bilan taʼminlash, mansabdor shaxs qabulini so‘rash, sud qarorlaridan norozilik, ishga joylashtirish, ijtimoiy himoya shuningdek, jazoni yengillashtirish, firibgarlik, oiladagi zo‘ravonlik va ruhiy salomatlik bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirishdi.

Ayrim fuqarolar tibbiy jihatdan ruhiy holatining yaxshiligini bildirib, tegishli hisobdan chiqarish masalasini ko‘rib chiqishni so‘rashdi.

Ushbu murojaatlarning ayrimlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, qolgan barcha murojaatlar nazoratga olinib, o‘rganish ishlari boshlab yuborildi.

Ushbu murojaatlarning baʼzilariga huquqiy tushuntirishlar berildi, vakolatga doirlari esa nazoratga olinib, o‘rganishga kirishildi. Fuqarolar muammolarini har tomonlama o‘rganish zarur bo‘lgan hollarda mutaxassislar va tegishli tashkilotlar vakillari ham jalb qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar Vakilga ombudsman.uz sayti, 1096 ishonch telefoni, ombudsman.uz mobil ilovasi orqali elektron hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsman idorasiga va hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati