Monitoringlarda Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi Vaqtincha saqlash hibsxonasi, Qarshi shahridagi 5-son tergov hibsxonasi, Xorazm viloyatida joylashgan Xazorasp tumani Vaqtincha saqlash hibsxonasi, Xiva “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi va viloyat ruhiy asab kasalliklar dispanseri, Farg‘ona viloyatidagi vaqtincha saqlash hibsxonasi va maxsus qabulxona, Buxoro viloyatida joylashgan 4-son tergov hibsxonasi, 17-son Jazoni ijro etish koloniyasi, Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi va Maxsus qabulxona, Sirdaryo viloyatidagi 8-son tergov hibsxonasi va Yangiyer “Muruvvat” Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi, Namangan viloyati Maxsus qabulxonasi hamda Toshkent shahar “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun 1-son internat uyi va shahar “Saxovat” internat uyidagi sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Tashriflar davomida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarning yashash, ovqatlanish, mehnat qilish, tibbiy xizmatdan foydalanish, dori-darmon vositalari va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari, sayilgohlar, muolaja va davolash bo‘limlari, tergov va advokatlar xonasi, kutubxona, sport zal, to‘garaklar xonasi, telefon orqali so‘zlashuv va uchrashuv xonalari hamda hududlardagi issiqlik taʼminoti holati o‘rganildi.
Monitoringlar jarayonida mazkur yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslar bilan jamoaviy va yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi.
Shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarida o‘rnatilgan “Ombudsman qutisi”ga kelib tushgan murojaatlar nazoratga olinib, ariza mualliflari bilan sayyor qabullar o‘tkazildi.
Monitoring tashriflari yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mutasaddi vazirlik va idoralarga Ombudsman taʼsir choralari shaklidagi hujjatlar kiritilishi taʼminlanadi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati