Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ayollar koloniyasidagi mahkumalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
2025-yilning 25-fevral kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 21-son Jazoni ijro etish koloniyasida O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda jazo muddatini o‘tayotgan mahkuma ayollar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

300 nafarga yaqin mahkumalar qamrab olingan tibbiy ko‘rik malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish, kasalliklarni ilk bosqichlarida aniqlash hamda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirishga qaratildi.

Unga akusher-ginekolog, onkoginekolog, mammolog, kardiolog, endokrinolog, pediatr, psixiatr kabi 10 nafarga yaqin tor doiradagi shifokorlar guruhi jalb etildi.

Shuningdek, tibbiy ko‘rik davomida mammogrif, UZD va qon tahlillarini o‘tkazish uchun tibbiy jihozlar bilan taʼminlangan maxsus avtobuslar olib kelindi.

Tashrif doirasida mazkur koloniyada saqlanayotgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirilib, mahkumalar bilan jamoaviy suhbatlar o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rik 27-fevralga qadar davom etadi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari