Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlar jazoni o‘tashdan ozod qilindi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) Surxondaryo viloyatidagi 41-son manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan 2 nafar mahkum og‘ir kasalliklari tufayli jazodan ozod qilinishida amaliy yordam so‘rab murojaat qilishdi.

Murojaat Ombudsman tomonidan nazoratga olinib, Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili, O‘zbekiston Respublikasi IIV Tibbiyot boshqarmasi va boshqa komissiya a’zolari ishtirokida tekshiruvdan o‘tkazildi.  

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 75-moddasida, hukm chiqarilganidan keyin o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs, shuningdek jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan boshqa og‘ir kasallikka chalingan shaxs jazoni o‘tashdan ozod qilinishi belgilangan.  

Tibbiy ko‘rik natijasida mahkumlarga ushbu moddani qo‘llash zarurligi haqida xulosa berildi.  

Mazkur ish yuzasidan mahkumlar jazodan ozod qilinib, oilasi bag‘riga qaytarildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati