Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Surxondaryodagi 41-son manzil-koloniyasidagi mahkumlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi
2024 yilning 27 avgust kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili A.Artikov Sherobod tumanida joylashgan 41-son manzil-koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, xususan, “Usta-hunarmand” uyushmasi ham ishtirok etdi.

Monitoring davomida mahkumlarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlari, kutubxona, hududdagi savdo do‘koni, uzoq muddatli uchrashuv xonalari hamda mehnat sharoitlari o‘rganildi.

Shuningdek, avvalgi monitoringda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganiga alohida eʼtibor qaratildi.

Maʼlum bo‘lishicha, joriy yilning 7 oyi davomida jami 70 nafar mahkum metallga ishlov berish, duradgorlik va tikuvchilik yo‘nalishlari bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitilgan. Koloniyada kasb-hunar o‘zlashtirgan mahkum va mahkumalarning mehnat sharoitlari ham ko‘zdan kechirildi

Monitoring doirasida sayyor qabul ham tashkil etilib, qariyb 10 nafar mahkum murojaatlari yakka tartibda qabul qilindi. Suhbat davomida mahkum va mahkumalarning manzil-koloniyadagi sharoitlari va xodimlarning ularga munosabati bo‘yicha fikrlari o‘rganildi.

Monitoring yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha, mahkum va mahkumalarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, savdo do‘konida mahsulotlar turini oshirish, kutubxonani yangi adabiyotlar bilan boyitish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati