Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha onlayn platforma
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyati xodimlari ishtirokida har haftalik ish faoliyatlaridan kelib chiqib, murojaatlar tahlili, malaka oshirish, haftalik rejalarni belgilash bo‘yicha tizimli ravishda onlayn seminarlar o‘tkazilmoqda. Unda Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari ham ishtirok etishadi.

Seminarda ish jarayoniga tatbiq etilgan elektron mexanizmlar imkoniyatlari va afzalliklari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlar berilib, qonunchilikka kiritilgan so‘nggi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bo‘yicha xodimlar malakasi oshirilmoqda.

Mazkur onlayn platformada mintaqaviy vakillar fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalar va ularni hal etish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan bo‘lishib, muammoni tizimli hal etish bo‘yicha  takliflarini bildirishmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati