Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi aʼzolaridan iborat delegatsiya aʼzolari Nukus shahrida bo‘lishdi
2023 yilning 12 noyabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) direktori Matteo Mekachchi boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari O‘zbekistonga tashrifi davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida ham bo‘lishdi. Tashrif chog'ida Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili idorasiga ham tashrif buyurishdi.

Taʼkidlash lozimki, Davlat rahbarining 2021 yil 10 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari doimiy asosda ishlaydigan bo‘ldi va ularning asosiy vazifalari belgilandi.

Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili mehmonlarni o‘z faoliyati bilan tanishtirib, ularning barcha savollariga javob berdi.

Uchrashuv do‘stona, ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tdi.  

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati