Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman Anqarada hamyurtlarimiz murojaatlarini qabul qildi
2023 yil 13 yanvar kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Turkiya Respublikasiga qilgan tashrifi davomida O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida ushbu mamlakatda yashayotgan 30 nafardan ortiq vatandoshlarimiz bilan uchrashdi.

 

Mazkur uchrashuvda dastlab O‘zbekistonda inson huquqlarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan Ombudsman instituti faoliyati, uning qonunchilik bazasi va vakolatlari to‘g‘risida vatandoshlarga maʼlumot berildi.

O‘tkazilgan uchrashuv davomida hamyurtlarimiz taʼlim olish, tibbiy yordam ko‘rsatish, fuqarolikni rasmiylashtirish, til kurslarini tashkil etish kabi masalalarda murojaat qilishdi. Uchrashuvda fuqarolarga ko‘mak ko‘rsatilishi taʼkidlandi va ushbu masalalarning barchasi Oliy Majlisnin Inson huquqlari buyicha vakili (ombudsman) hamda O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqilishi bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Turkiya Parlamentining bosh Ombudsmani bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan. Ushbu hujjat doirasida Turkiyada yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularning muammoli masalalarini bartaraf etish choralarini ko‘rish masalalari ham belgilab olingan.

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati