Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘zbekiston va Finlyandiya Ombudsmanlari institutlari o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda
Joriy yilning 24 avgust kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Xelsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi direktori Tuyya Braks, Finlyandiya Adliya maslahatchisi o‘rinbosari Mikko Puumalaynenlar hamda Xelsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi professori Sakari Melanderlar bilan uchrashdi.

Dastlab mehmonlarga Ombudsman institutining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflari va fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik haqida maʼlumot berildi.

Uchrashuvda Tuyya Braks Xelsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi faoliyatiga to‘xtalib, uning asosiy yo‘nalishi sifatida rivojlanish sari harakat qilayotgan mamlakatlarga o‘zlarining tajribalari asosida huquqiy yordam ko‘rsatish ekanligini taʼkidladi. U o‘z fikrini davom etar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Markazning asosiy hamkorlaridan biri ekanligini qayd etdi.

O‘zaro muloqot davomida O‘zbekiston va Finlyandiyadagi Ombudsman institutlari o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlari belgilab olindi.

Uchrashuv do‘stona, ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati