Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Navoiydagi mintaqaviy vakili 4-son jazoni ijro etish koloniyasida saqlanayotgan mahkumlar murojaatlarini qabul qildi
Joriy yilning 15 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Navoiy viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili tomonidan Navoiy viloyatida joylashgan 4 son jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi. Tashrif davomida 5-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i I.Sherov hamda viloyat prokuraturasi xodimi S.Djumayevlar ham ishtirok etdi.

Monitoring davomida mahkumlarning yotoq joylari, yuvinish xonalari, umumiy oshxonaning sanitariya-gegiyena talablariga javob berish holatlari o‘rganildi. Ombudsman qutilari ochilib qoldirilgan murojaatlar o‘rganish uchun olindi.

Shuningdek, koloniya kutibxonasi huquqiy, diniy va badiy adabiyotlar bilan taʼminlanganligi, mahkumlarning mehnat qilish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun yaratilgan shart-sharoitlar ham o‘rganildi.

Koloniyada mahkumlarning ish bilan taʼminlanganlik darajasi o‘rganilganda, ularning yog‘ochga ishlov berish, sim setka to‘qish, g‘isht va rom ishlab chiqarish hamda tikuv sexlarida ishlayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Shundan so‘ng mahkumlar bilan jamoaviy uchrashuv o‘tkazilib, uchrashuv davomida mamlakatimizda “Inson qadri uchun” degan tamoyildan kelib chiqib amalga oshirilayotgan keng kulamli islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar haqida tushuntirishlar berilib, ular tomonidan taqdim etilgan xar xil mazmundagi murojaatlar ijro uchun qabul qilindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati