Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Kosondagi 10-sonli jazoni ijro etish koloniyasi holati o‘rganildi
Joriy yilning 11 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilning (ombudsmanning) Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Koson tumanidagi 10-sonli jazoni ijro etish koloniyasida mahkumlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Mintaqaviy vakil 2021 yilda mazkur muassasaga qilgan tashrifida u yerda saqlanayotgan mahkumlar tomonidan uzoq muddatli uchrashuvlar kunining qisqartirilganidan norozi bo‘lib, shikoyat qilgan edilar. Ushbu shikoyat bo‘yicha muassasa boshlig‘iga tegishli tavsiyalar berilgandi.

Tashrif davomida muassasada 10ta uzoq muddatli uchrashuvlar xonalari mavjud bo‘lib, uzoq muddatli uchrashuvlar kuni 3 kun deb belgilanganligi hamda mahkumlarning yaqin qarindoshlari bilan uchrashishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligi aniqlandi.

Koloniyadagi tibbiyot xonalari ko‘zdan kechirganda mahkumlarni davolash uchun dori vositalari yetarli darajada ekanligi, har kuni 70-80 nafar mahkumga tibbiy yordam ko‘rsatilayotganligi, ammo muassasada 3 nafar tibbiyot xodimining yetishmasligi maʼlum bo‘ldi.

Koloniyada saqlanayotgan mahkumlarning ovqatlanish sharoitlari o‘rganilganda, oshxona jihozlari va idish-tovoqlarning yangilanganligi, ovqatlanish menyusi belgilangan meʼyorlar asosida tuzilganligi hamda kerakli oziq-ovqat mahsulotlari qoniqarli holatda saqlanayotganligi aniqlandi. Koloniyada SPID kasalligiga chalingan hamda parxez taomlar isteʼmol qiladigan mahkumlar uchun alohida taomlar, xususan sut va kefir mahsulotlari ham berilayotganligi aniqlandi.

Shu bilan birga, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Tashrif davomida mintaqaviy vakil jamoaviy suhbatlar bilan birga yakka holdagi uchrashuvlarni ham o‘tkazdi.Unda 2 nafar mahkum Toshkent shahridagi 23-son mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashgan kasalxonada davolanishi kerakligi bo‘yicha murojaat qildi. Murojaatlar mintaqaviy vakil nazoratiga olindi.

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) Axborot xizmati