Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Farg‘onadagi mintaqaviy vakili qanday murojaatlarni hal etdi?
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov haftaning Dushanba va Juma kunlari soat 14:00 dan 17:00ga qadar fuqarolar murojaatlarini muntazam ravishda qabul qilib kelmoqda.

Qabul kunlari viloyatning ruhiy kasalliklari shifoxonasi poliklinika logopedi L.I murojaat qilib, shifoxona rahbariyati tomonidan uning mehnat huquqlari buzilayotganligini bildirdi.

Murojaatchining so‘zlariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-sonli qarori bilan tasdiqlangan alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan xodimlar ro‘yxatida o‘qituvchi-defektologlar va logopedlar uchun ish vaqtining davomiyligi 18 soat etib belgilangan. Lekin, fuqaro L.I.ning lavozimi logoped bo‘lsada, shifoxona rahbariyati qonunga zid ravishda haftasiga 36 soat ishlashni talab qilib kelgan.

Murojaat mintaqaviy vakil nazoratiga olingach, L.I.ning murojaati bo‘yicha viloyat bandlik bosh boshqarmasi tomonidan uning mehnat huquqlarini tiklash bo‘yicha fuqarolik sudiga daʼvo arizasi kiritildi.

Shuningdek, Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakiliga Dang‘ara tumani, Dang‘ara shaharchasida yashovchi fuqaro O.U. ham murojaat qildi. U o‘g‘li mahkum D.T.ga nisbatan sud hukmi eʼlon qilinib, u qonuniy kuchga kirgan bo‘lishiga qaramay, uni shu kunga qadar jazoni ijro etish muassasasiga yuborilmayotganligini bildirdi.

Mazkur murojaat mintaqaviy vakil nazoratiga olingach, Farg‘ona shahar 10-sonli tergov hibsxonasi tomonidan murojaatchining o‘g‘li mahkum D.T. jazoni ijro etish muassasasiga 18 aprel kuni yuborildi va bu haqida murojaat muallifiga maʼlum qilindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati