Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Farg‘ona viloyati mintaqaviy vakili tayinlandi
Kamilov Alisher Odilovich – Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili lavozimiga tayinlandi.

A.Kamilov - 1962 yil Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos, «Adliya maslahatchisi» maxsus unvon – martaba darajasiga ega.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Farg‘ona viloyati Quva tumani prokurori, Marg‘ilon shahar “Progress” hususiy firmasi huquqshunosi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari