Qabulda 50ga yaqin fuqarolardan sudlarda Ombudsman vakilining ishtiroki, pensiya, yer ajratish, uy-joy bo‘yicha nizoli holatlar, firibgarlik, ijtimoiy yordam, sud-tergov jarayonlaridagi baʼzi holatlar va boshqa masalalardagi murojaatlar qabul qilindi.
Fuqarolar qabuli davomida kelib tushgan murojaatlarning barchasi Ombudsman nazoratiga olinib, ularni o‘rganish va inson huquqlarini taʼminlash bo‘yicha ishga kirishildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati