Murojaat o‘rganilishi natijasida aniqlanishicha fuqaro 2 marotaba jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan bo‘lib, uning oyog‘idagi barmoqlari gangrena tashxisi bilan kesib tashlangan.
Fuqaro J.N.ning maʼlum qilishicha, og‘riq kuchli bo‘lgani sababli doim dori qabul qilishga majbur, shu sababli ham hech qayerda ishlamaydi.
Ushbu murojaat nazoratga olinishi natijasida, fuqaro J.N. tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi tor soha mutaxassislari ko‘rigidan o‘tkazilib, unga “o‘ng oyoq panja barmoqlari gangrenasi” tashxisi qo‘yildi. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgach, murojaatchiga 1 yil muddatga ikkinchi guruh nogironligi belgilandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati