Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Ombudsman klubi”ga aʼzo bo‘lmoqchi bo‘lgan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Joriy yilning 27 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) mutaxassislari ishtirokida Toshkent davlat yuridik universitetida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvni o‘tkazishdan maqsad  - Ombudsman va TDYUU o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida  Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzurida tuzilgan “Ombudsman klubi”ga aʼzo bo‘lish istagida bo‘lgan talabalarni Ombudsman faoliyati bilan yaqindan tanishtirish va ular bilan o‘zaro fikr almashishdir.

Tadbirda Ombudsman faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida  Harakatlar strategiyasi doirasida mamlakatimizda inson huquqlarini kafolatlash borasida amalga oshirilgan islohotlar, Ombudsman institutining vakolatlari va faoliyat yo‘nalishlari, qiynoqlarga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosati va “Ombudsman klubi” aʼzolarining Vakil faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda murojaatlar bilan ishlashdagi ishtiroki haqida so‘z bordi.

Tadbirda taʼkidlanishicha, “Ombudsman klubi” aʼzolari darsdan so‘ng Ombudsman instituti mutaxassislariga biriktirilgan holda murojaatlar bilan ishlash, qabullarda ishtirok etish kabi yo‘nalishlarda o‘z ko‘nikmalarini oshirishlari va amaliyot o‘tashlari mumkin.

Uchrashuv savol-javoblarga boy tarzda, erkin muloqot shaklida o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, “Ombudsman klubi”ga TDYUUning 2-4 kurs talabalari va 1-2 kurs magistrantlari qabul qilinishi mumkin.

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati