2021 yilning 7 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda QALAMPIR.UZ jurnalisti Feruza Najmiddinovaning shaʼni, qadr-qimmatini kamsitilishiga sabab bo‘luvchi va hech bir asosga ega bo‘lmay turib uning rasmlari bilan videomontaj qilingan rolikning tarqatilishi juda achinarli holat. Inson huquqlarini ta'minlash va murojaatlar bilan ishlashda xalq dardini tanqidiy va tahliliy ruhda olib chiqayotgan jurʼatli jurnalistni qo‘pol qilib aytganda ovozini o‘chirishga qaratilgan ushbu xatti harakat qonun normalariga mutlaqo zid. Shaxsning shaʼni va qadr-qimmatiga g‘ayriqonuniy tajovuz qilish qonun tomonidan tuhmat va haqorat qilish, deb belgilangan.